» » Shavkat Mirziyoyev Germaniyaning yangi saylangan prezidentini O‘zbekistonga taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Germaniyaning yangi saylangan prezidentini O‘zbekistonga taklif qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Frank-Valter Shtaynmayerni Germaniya federal prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Bo‘lib o‘tgan saylovlar sezilarli iqtisodiy, texnologik va intellektual salohiyatga ega jahonning yetakchi davlatlaridan biri – Germaniyaning xalqaro nufuzini mustahkamlashga Sizning muhim va tajribali davlat arbobi sifatida qo‘shgan munosib hissangiz evaziga qozongan yuqori ishonch va hurmatni tasdiqlaydi”, — deyiladi Mirziyoyevning maktubida.

O‘zbekiston ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarning barcha masalalari bo‘yicha ochiq va konstruktiv muloqotni davom ettirish, ikki tomonlama va o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini, birinchi galda, savdo-iqtisodiy, investitsion, texnologik, moliyaviy-texnik sohalarda, shuningdek yaqin madaniy-gumanitar munosabatlarni kengaytirishga ishonadi.

“Davlatimiz rahbari Frank-Valter Shtaynmayerni o‘ziga qulay vaqtda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (14-02-2017, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют