» » Samarqandda 2018-yilning 6 oyi mobaynida 1866 ta jinoyat sodir etildi

Samarqandda 2018-yilning 6 oyi mobaynida 1866 ta jinoyat sodir etildi


Samarqand viloyatida 2018-yilning 6 oyi mobaynida jinoyatlar 40 foizga, yoki 1245 taga (3111 nafardan 1866 taga) kamaydi. Bu haqda viloyat IIB rahbari A.Toshpo‘latov bergan ma’lumotlarga tayanib, “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Qasddan odam o‘ldirish 39,5 foizga (43 nafardan 26 nafarga), qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish 27,4 foizga (62 nafardan 45 nafarga), nomusga tegish 55,5 foizga (18 nafardan 8 nafarga), bezorilik 72,8 foizga (59 nafardan 16 nafarga), qasddan badanga tan jarohati yetkazish 68,2 foizga (211 nafardan 67 nafarga) kamaygan.

Jumladan, qotillik jinoyatlari Payariq tumanida 50 foizga, qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyati Qo‘shrabod tumanida 300 foizga, Samarqand tumanida 100 foizga, Ishtixon tumanida 100 foizga oshgan.

O‘lim bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalari Samarqand shahrida 2 nafarga, Urgut, Tayloq va Kattaqo‘rg‘on tumanlarida bir nafarga, Paxtachi tumanida 6 nafarga ko‘paygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2018, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 37) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют