» » “Astana—Samarqand” yo‘lovchi poyezdi oshxona javonida 20,71 gramm marixuana borligi aniqlandi

“Astana—Samarqand” yo‘lovchi poyezdi oshxona javonida 20,71 gramm marixuana borligi aniqlandi


Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda “Astana—Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi tashish poyezdi yo‘lovchilarining qo‘l yuklarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish vaqtida qonunbuzarlik holatini fosh etildi. Bu haqda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi axborot xizmati “Daryo” ga xabar berdi.

Fuqaro O.S. vagonning oshxona jihozlari turadigan shkafning pastki qismida joylashgan maxsus joyda umumiy qiymati 2 million so‘mlik jami 120 dona EZ Revolution cartridges nomli inson badanini tatuirovka qilish uchun mo‘ljallangan ignalarni yashirib olib kirmoqchi bo‘lgani aniqlangan.

Bojxona nazorati jarayonida oshxona shkafidagi qutilar ostida qora rangli polietilen paket o‘rami ham yashirilganligi ma’lum bo‘lgan.

Ushbu polietilen paket o‘rami xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganda, uning ichida polietilen paket parchalariga o‘ralgan, giyohvandlik vositasiga o‘xshash xashaksimon o‘simlik borligi aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Ekspert kriminalistik markazining xulosasiga ko‘ra ushbu aniqlangan quritilgan o‘simlik vazni 20,71 grammni tashkil etuvchi “Marixuana” giyohvandlik vositasi deb topildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2018, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют