» » Toshkent viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi tayinlandi

Toshkent viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi tayinlandi


Shavkat To‘raqulovich Rahmatov Toshkent viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Oldinroq bu mansabni endilikda Surxondaryo viloyati hokimi etib tayinlangan Bahodir Baxtiyorovich Po‘latov egallab turgan edi.

Sh. Rahmatov 1970-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1995-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1995-yilda Yangiyo‘l shahar prokuraturasida boshlab, Toshkent viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 1998-yildan boshlab Bosh prokuratura boshqarma prokurori, bosh prokurorning yordamchisi, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, Bekobod tuman prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018-yilning may oyidan shu vaqtgacha Toshkent viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2018, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют