» » Toshkent viloyatidagi yo‘q qilingan tutzorlar qayta tiklanyaptimi?

Toshkent viloyatidagi yo‘q qilingan tutzorlar qayta tiklanyaptimi?


Toshkent viloyatida yirik tut daraxtlari ko‘pligi bois o‘tgan yillari bahorgi pilla mavsumida Samarqand va Buxoro viloyati pillakorlari ipak qurti ozuqasi — tut barglarini poytaxt viloyatidan olib ketar edi. Ammo 2017-yilning kuz oyidan boshlab tutni kesish avjiga chiqdi. 30—40 yillik daraxtlarni ham betartib kesib, tabiatga va pillakorlarning manfaatlariga zarar yetkazildi, deb yozadi O‘zA.

Vaholanki, Chinoz, Bekobod, Quyichirchiq, Yangiyo‘l tumanlarida dala va yo‘l chetidagi ko‘p yillik daraxtlar ayovsiz kesilgani natijasida viloyatda ozuqa bazasi kamayib ketgan. Mavsumda tut barglari taqchilligi sezildi. Shunday bo‘lsa-da, tuman aholisi birinchi mavsumda pilla shartnomasini ortig‘i bilan bajargan.

“Notanish odamlar yo‘l chetidagi tut daraxtlarini kesib ketdi, — deydi Quyichirchiq tumanidagi ‘Birlik’ mahallasida yashovchi Muhabbat Xo‘jakeldiyeva. — Shu bois mahallamizda pilla uchun ozuqa bazasi kamaydi. Ikki kilometr naridagi tutzordan yangi novdalarni kesib kelyapmiz. Albatta, bu bizga qiyinroq. Biroq, pilladan yaxshi daromad ko‘rayotganimiz uchun ikkinchi mavsumda ham ishtirok etyapmiz”.

Tuman “Agropilla”ning ma’lum qilishicha, 10 gektar maydondagi tut plantatsiyalari yangilangan. 190 ming tup tut daraxti ekilgan. Xitoydan olib kelingan bu ko‘chatlar sovuqqa, turli kasalliklarga chidamli bo‘lish bilan birga serhosil hamdir. Bahorda viloyatning bir qator tumanlarida 50 ming donadan ziyod ana shunday tut ko‘chatlari ekilgan.

Daraxtlarni yo‘q qilganlarga qanday jazo bor?

“Daraxtlarga noqonuniy shikast yetkazganlik va ularni kesganlik uchun qonunchilikda javobgarlik choralari ko‘zda tutilgan, – deydi Toshkent viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi xodimi Nurg‘ali Amonov. – Xususan, bitta daraxt kesilsa, yetkazilgan zararga qarab, aybdorga moddiy javobgarlikdan, ozodlikdan mahrum qilishgacha bo‘lgan jazo tayinlanishi mumkin. Joyiga chiqib o‘rganganimizda birgina ‘Yangi hayot’ mahallasidan 97 dona daraxt kesib ketilgani aniqlangan edi. Surishtirishlar va tezkor tadbirlar samarasida Farg‘ona viloyati Quva tumanida yashovchi shaxs ushlandi. Unga qonuniy jazo qo‘llanildi va davlat foydasiga 103 million so‘mdan ziyod mablag‘ undirilmoqda”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2018, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют