» » Toshkentning ayrim chorrahalarida qizil chiroqda o‘ngga burilishga tajriba tariqasida ruxsat berildi

Toshkentning ayrim chorrahalarida qizil chiroqda o‘ngga burilishga tajriba tariqasida ruxsat berildi


Toshkentning gavjum chorrahalarida ma’lumot taxtachalari paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra, avtomobil haydovchilariga qizil chiroqda o‘ngga burilishga ruxsat berilgan, deb yozadi “Novosti Uzbekistana”.

“Diqqat, tajriba! Chorrahada piyodalar va avtomobillarga yo‘l berib, svetoforning qizil chirog‘iga o‘ngga burilish mumkin”, — deb yozilgan svetofor ustuniga mustahkamlangan taxtachada.

Nashrning qayd etishicha, yangi qoida shaharning gavjum chorrahalarini bo‘shatish imkonini beradi. Mazkur qoida svetoforda taqiqlovchi qizil chiroq yonib turganda o‘ngga burilishga ruxsat beradi.

Hozircha tajriba shaharning bir nechta chorrahalarida yo‘lga qo‘yilgan. U o‘zini oqlagan taqdirda Yo‘l harakati qoidalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (14-02-2017, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют