» » Turkiya bosh vaziri Suriyadagi Al-Bob shahrining katta qismi nazoratga olinganini ma’lum qildi

Turkiya bosh vaziri Suriyadagi Al-Bob shahrining katta qismi nazoratga olinganini ma’lum qildi


Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim mamlakat harbiylari Suriyadagi Al-Bob shahrining kattagina qismini o‘z nazorati ostiga olganini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

Bosh vazir armiyaning bundan keyingi maqsadlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Ayni damda bizning maqsadimiz jinoyatchilar nazorati ostidagi hududdan Turkiyaga o‘tish yo‘llari ochilishining oldini olishdir”, — dedi Yildirim.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya 2016-yil 24-avgustidan beri “Suriya ozodlik armiyasi” jangchilari bilan birgalikda “Frot qalqoni” harbiy operatsiyasini olib bormoqda.

Ushbu hamkorlikdan ko‘zlangan maqsad Turkiyaning Suriya bilan chegarasidagi hududlarni terrorchilardan tozalashdir.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (14-02-2017, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют