» » Kattaqo‘rg‘on IIBning barcha xodimlari navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkaziladi

Kattaqo‘rg‘on IIBning barcha xodimlari navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkaziladi


Samarqand viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarni muhokama qilish hamda vujudga kelgan salbiy vaziyatni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida shu yilning 17-iyul kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasida Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov boshchiligida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Prezidenti devoni, Bosh prokuratura, viloyat hokimligi va ichki ishlar organlari mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Bu haqda, vazirlik matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

O‘zbekiston Prezidentining ko‘rsatmasiga muvofiq, bosh prokuror va ichki ishlar vazirining qo‘shma farmoyishi asosida ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Samarqand viloyatida joriy yilning 13?17-iyul kunlari ichki ishlar organlari faoliyatiga baho berish maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan ayrim ichki ishlar organlari xodimlarining fuqarolar bilan muloqot qilishdagi noo‘rin xatti-harakatlari, rahbarlarning mas’uliyatsizligi va beparvoligi hamda qo‘l ostidagi xodimlari ustidan kunlik nazoratni lozim darajada o‘rnatmaganliklari oqibatida tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganligi va bu aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lishi, bunday holat prezident rahbarligida olib borilayotgan, xalqning tinch va farovon hayot kechirishini ta’minlashga qaratilgan izchil islohotlarning pirovard maqsadlariga mutlaqo javob bermasligi alohida ko‘rsatib o‘tildi.

Yig‘ilishda viloyatning ayrim hududlarida huquq-tartibot idoralari keng jamoatchilik vakillari bilan birgalikda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligini ta’minlash, aholiga o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar qattiq tanqid qilindi.

Ichki ishlar vaziri xizmat faoliyatida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, uning o‘rinbosarlari, Huquqbuzarliklar profilaktikasi, Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash boshqarmalari boshliqlari hamda Samarqand shahar, Nurobod, Jomboy, Payariq, Oqdaryo, Tayloq, Samarqand, Ishtixon va Pastdarg‘om tumanlari Ichki ishlar bo‘limlari rahbarlarining hisobotlarini eshitib, ularning ishga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish va ish natijadorligini oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Faoliyatida tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun viloyat IIB boshlig‘ining kadrlar bo‘yicha o‘rinbosari O. Rahmonov, Samarqand shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh. G‘aniyev, Qo‘shrabot tuman IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X. Usmonov, Tayloq tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari M. Mahkamov, Oqdaryo tuman IIB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari N. Usanov, Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining kadrlar bo‘yicha o‘rinbosari N. Tilavov egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.

Shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyat qidiruv, tergov, kadrlar bilan ishlash xizmatlari xodimlariga nisbatan intizomiy ta’sir choralari qo‘llanildi.

Bundan tashqari, Kattaqo‘rg‘on shahar va Samarqand tumani ichki ishlar organlarining barcha xodimlarini navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют