» » Farg‘onada 15 mln so‘m mablag‘ni o‘zlashtirgan bank xodimi javobgarlikka tortildi

Farg‘onada 15 mln so‘m mablag‘ni o‘zlashtirgan bank xodimi javobgarlikka tortildi


Farg‘onada 15 000 000 so‘m kredit mablag‘larini maqsadsiz sarflab, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan Xalq banki filiali boshqaruvchisiga jazo tayinlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buvayda tuman sudining ma’lum qilishicha, Xalq banki Buvayda tuman filialining sobiq boshqaruvchisi O.I. Markaziy bank boshqaruvi nizomida belgilangan cheklovlarga amal qilmasdan, bankda ishlab kelgani holda o‘zi, onasi va turmush o‘rtog‘ining nomiga kredit shartnomalari rasmiylashtirgan. Ushbu shartnomalarga asosan, ko‘chat sotib olish maqsadida uch yil muddatga to‘qqiz foiz ustama to‘lash sharti bilan 15 000 000 so‘m kredit mablag‘larini kengash roziligisiz olishga erishgan. O.I. go‘yoki ko‘chat sotib olish maqsadida kredit mablag‘larini dastlab “Qilovtepa zamin saxovati invest” agrofirmasiga, undan “S–Nizom Bunxon” dehqon xo‘jaligi hisob raqamiga o‘tkazgan.

Keyinchalik, dehqon xo‘jaligi rahbarining xabarisiz va uning roziligini olmasdan bu mablag‘larni moliyaviy yordam tariqasida akasining xususiy korxonasiga hamda o‘zining shaxsiy plastik kartasiga o‘tkazib, kreditni maqsadsiz sarflab, pul mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Shuningdek, “Qilovtepa zamin saxovati invest” agrofirmasi rahbari U.H. Xalq banki Buvayda tuman filiali tomonidan 7 nafar fuqaroga ajratilgan jami 35 000 000 so‘m maqsadli kredit mablag‘larining 27 000 000 so‘mdan ortig‘ini o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgani aniqlandi.

Sud hukmi bilan bank filiali boshqaruvchisi O.I. va agrofirma rahbari U.H.ga tegishli jazo tayinlandi. Yetkazilgan moddiy zararni qoplash choralari ko‘rildi.

Ma’lumot uchun, Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida tijorat banklari tomonidan 259 ta issiqxona qurilishi, 11 806 bosh parranda va limon ko‘chatlari sotib olinishi uchun ajratilgan jami 2 milliard 171 million so‘mlik kredit mablag‘lari o‘z egalariga yetib bormagani yoki boshqa asoslarga ko‘ra joyida mavjud emasligi aniqlangan.

Avvalroq Farg‘ona viloyat prokuraturasi tomonidan TIF “Milliy bank”, AT Xalq banki va “Agrobank”ning tuman filiallari hamda tumandagi agrofirmalar mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish), 2-qismi, “a” bandi va 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish), 3-qismi, “a” bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgani, tergov harakatlari yakunlanib, jinoyat ishlari ayblov xulosasi bilan birga sudga oshirilgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2018, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют