» » Deputat Andijonda ichki ishlar xodimlarining noqonuniy harakatlariga munosabat bildirdi

Deputat Andijonda ichki ishlar xodimlarining noqonuniy harakatlariga munosabat bildirdi


Xalq deputatlari Uchtepa tuman kengashi deputati Nuriddin Zaynitdinov Facebook`dagi sahifasida Andijon viloyatida ichki ishlar xodimlarining noqonuniy harakatlariga munosabat bildirdi.

“Andijon viloyatining Oltinko‘l va Bo‘z tumanlarida ichki ishlar organlari xodimlari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ana shunday himoya qilyaptimi?

‘Ichki ishlar organlari to‘g‘risida’gi qonun qiynoqlarga solish, zo‘ravonlik qilish, shafqatsiz, inson qadr-qimmatini kamsitadigan tarzda muomalada bo‘lishni taqiqlaydi.

Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ichki ishlar organlari fuqaroning sha’ni, qadr-qimmati yoki nufuziga putur yetkazadigan, uning shaxsiy hayotiga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas.

Oldinroq Oltinko‘l tuman IIB xodimining fuqaroga qo‘l ko‘targani aks etgan video chiqqandi. Bugun esa Bo‘z tumanida kechasi ko‘chada yurgan o‘smirga nisbatan kuch ishlatildi.

Tegishli vazirlikdan kimdir o‘zi nimalar bo‘layotganini tushuntirib berar balki?”

Tuman kengashi deputati o‘z postida “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonun talablarini ham eslatib o‘tgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют