» » Va nihoyat: Konor Makgregor va Floyd Meyvezer o‘zaro jang bo‘yicha kelishib oldi

Va nihoyat: Konor Makgregor va Floyd Meyvezer o‘zaro jang bo‘yicha kelishib oldi


Aralash janglar san’ati (MMA) jangchisi irlandiyalik Konor Makgregor va amerikalik sobiq bokschi Floyd Meyvezer o‘zaro jang borasida kelishib oldi. Bu haqda The Irish Sun gazetasiga asoslanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

Bir necha oy davom etgan muzokaralardan keyin tomonlar “jang o‘tkazish bo‘yicha ko‘p millionli kelishuvga erishdi”. Kelishuv hozircha rasman imzolanmadi, ammo jang muddati ikki hafta ichida ma’lum qilinishi kutilmoqda.

Mavzuga doir: Konor Makgregor va Floyd Meyvezer o‘rtasidagi jang summasi milliard dollarga teng bo‘lishi mumkin

Floyd Meyvezer va Konor Makgregor o‘rtasida jang bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlar UFC chempioni bokschilik litsenziyasini olganidan keyin paydo bo‘ldi. Irlandiyalik jangchi Meyvezer bilan jang uchun 100 million dollar ishlab olish istagini bildirgandi.

Keyinroq Mutlaq jangchilik chempionati (UFC) prezidenti Dana Uayt Meyvezer va Makgregor jangi uchun har ikki sportchiga 25 million dollardan to‘lashga tayyor ekanini ma’lum qilgan edi, biroq har ikki sportchi taklifni jiddiy qabul qilmadi. Shundan so‘ng Dana Uayt mazkur bellashuv irlandiyalik jangchining UFC bilan shartnomasi yakuniga yetsagina bo‘lib o‘tishini aytdi.

Ma’lum muddat o‘tgach, Meyvezerning azaliy raqiblaridan biri — Menni Pakyao irlandiyalik bilan jang qilishga tayyor ekanini ma’lum qilgandi. Meyvezer – Makgregor dramasidan charchagan “MYu” hujumchisi Zlatan Ibrahimovich esa ularning har ikkisi bilan jang qilib, to‘g‘ri shifoxonaga yuborishga va’da berdi.

Mavzuga doir: Floyd Meyvezer Konor Makgregordan boshqa hech kim bilan jang qilmasligini ma’um qildi

Ma’lumot uchun, 28 yoshli Makgregor faoliyatini 2008-yilda boshlagan. Shu vaqtgacha u 23 ta jang o‘tkazib, 20 tasida (17 tasida nokaut bilan) zafar quchgan va 3 tasida mag‘lubiyatga uchragan. Irlandiyalik ikki (yengil va yarim yengil) vazn toifasida UFC chempioni bo‘lgan birinchi jangchi sifatida tan olindi. Keyinroq u yarim yengil vaznda chempionlik kamaridan mahrum etilgandi.

2015-yili bokschilik faoliyatini tugatgan 39 yoshli Floyd Meyvezer professional ringda 49 ta jang o‘tkazib, barchasida (26 tasida nokaut bilan) g‘alaba qozongan. U beshta vazn toifasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (14-02-2017, 22:59)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют