» » “Bunyodkor” “Metallurg”ni, “Buxoro” “Neftchi”ni yenga olmadi, “Navbahor” esa “So‘g‘diyona”ni qiyinchiliksiz mag‘lub etdi

“Bunyodkor” “Metallurg”ni, “Buxoro” “Neftchi”ni yenga olmadi, “Navbahor” esa “So‘g‘diyona”ni qiyinchiliksiz mag‘lub etdi


Bugun, 19-iyul sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasining 17-tur uchrashuvlari davom ettirildi. Kun taqvimidan odatga ko‘ra uch uchrashuv o‘rin olgandi. Ularning barchasi yakuniga yetdi.

Kunning dastlabki o‘yini Bekobodda mezbon “Metallurg” hamda Toshkentning “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasida kechdi.

Uchrashuvda hisob “qaldirg‘ochlar” tomonidan ochildi. 33-daqiqada Murodjon Toshmatov mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildi. “Metallurg” esa bu golga ikkinchi bo‘limning 51-daqiqasida Shahzod Shaymanovning goli orqali javob berdi. O‘yin shu tariqa tomonlarning 1:1 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi.

Ikkinchi uchrashuvda esa “Buxoro” o‘z maydonida Farg‘onaning “Neftchi” jamoasini qabul qilib, golsiz durangga rozi bo‘ldi.

Turning so‘nggi o‘yini esa Namanganda mezbon “Navbahor” hamda Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv taqdiri birinchi bo‘lim so‘nggi daqiqalaridayoq hal bo‘ldi. Namanganliklar 41 hamda 45-daqiqada Darko Stanoyevich hamda Sardor Sulaymonovning gollari sabab “So‘g‘diyona”ni mag‘lub etib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa 17-tur o‘yinlari ham yakunlandi.

Pepsi Superliga

17-tur bellashuvlari

19-iyul, payshanba

Gollar: 0:1—33 Murodjon Toshmatov, 1:1—51 Shahzod Shaymanov.

Gollar: 1:0—41 Darko Stanoyevich, 2:0—45 Sardor Sulaymonov.

18-iyul, chorshanba

Gollar: 1:0—28, penalti Murod Xolmuhammedov, 2:0—44, penalti Murod Xolmuhammedov, 3:0— 72 Suhrob Berdiyev.

Gollar: 1:0— 76 Ivan Nagayev, 1:1—90 Jasur Yaxshiboyev, 1:2—90+4 Tiago Bezerra.

Gollar: 1:0—6 Marat Bikmayev, 1:1—23 Sharof Muhitdinov, 2:1—45 Marat Bikmayev, 3:1—63 Marat Bikmayev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2018, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют