» » Vladimir Norov: “Bitta kamar — bitta yo‘l” loyihasi O‘zbekistonni dengiz portlariga olib chiqadi

Vladimir Norov: “Bitta kamar — bitta yo‘l” loyihasi O‘zbekistonni dengiz portlariga olib chiqadi


Xitoy tomonidan e’lon qilingan “Bitta kamar — bitta yo‘l” loyihasini O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchilar qatorida qo‘llab quvvatlagan edi, deydi Vladimir Norov 18-iyul kuni Xalqaro press-klubda bo‘lib o‘tgan anjumanda. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

“O‘tgan yili Xitoyda ushbu tashabbusga bag‘ishlangan forumda, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston nomidan ishtirok etib uchta tashabbusni e’lon qilgan edi.

Birinchidan, “Bitta kamar — bitta yo‘l” o‘tgan yo‘nalishlar bo‘ylab ishlab chiqarishni rivojlantirish tashabbusi.

Ikkinchidan, loyihada ishtirok etayotgan mamlakatlar orasida madaniy gumanitar aloqalarni va turizmni rivojlantirish.

Uchinchidan, ushbu loyihaning forumlaridan birini O‘zbekistonda tashkil qilish.

“Bitta kamar — bitta yo‘l” loyihasi O‘zbekiston uchun juda muhim loyihadir, chunki u bizning mamlakatni Fors ko‘rfazining dengiz portlariga olib chiqadi. Ma’lumki O‘zbekiston dengiz portlariga chiqish imkoniyati cheklangan mamlakatlardan biri.

Yuqorida qayd etilgan loyiha hamda “O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy” temir yo‘li qurilishi loyihasi — O‘zbekiston uchun eng muhim tashabbuslardan biridir, chunki transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish – bu hududdagi mamlakatlar orasida munosabatlarni rivojlantirishda birinchi darajali masaladir”, — deydi ShHT bosh kotibi Vladimir Norov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2018, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют