» » Toshkent shahrida noqonuniy kesilgan 2 tup chinor uchun 46 mln so‘m jarima belgilandi

Toshkent shahrida noqonuniy kesilgan 2 tup chinor uchun 46 mln so‘m jarima belgilandi


Toshkent shahrining Shayxontohur tumani, O‘rda kanali yaqinidagi 2 tup chinor daraxtining yerdan 4-5 metr balandlikdagi qismi qoldirilib, kesib tashlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Surishtiruv natijasida hech qanday ruxsatnomasiz, noqonuniy tarzda amalga oshirilgan ushbu harakatga mutasaddi tashkilotlarning mas’ullari tomonidan yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Ularga nisbatan 46,1 million so‘m miqdorida jarima belgilandi.

Toshkent shahar hokimligida bir qator tashkilotlar hamkorligida “Poytaxtimizda qariyb bir asr yashayotgan va undan ham ziyod umr ko‘rayotgan daraxtlarni asrab-avaylash va ularning kesilishiga qarshi kurashish” mavzuida o‘tkazilgan matbuot anjumanida shu haqda so‘z bordi.

Joriy yilning 6 oyi davomida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Toshkent shahar bo‘linmasiga Toshkent va Sirdaryo viloyatidan 4400 tupdan ziyod daraxt kesilishiga oid 607 murojaat bo‘lgan. Shu murojaatlarning 404 tasi ruxsatnoma asosida kesilayotgani ma’lum qilingan. 203 murojaat esa noqonuniy holda amalga oshirilayotgani bois kerakli choralar ko‘rilgan.

Ushbu muddat davomida poytaxtda ham sohaga oid huquqbuzarliklarni tezkor aniqlash, tegishli choralar ko‘rish yuzasidan reydlar o‘tkazildi. Jarayonda noqonuniy ravishda daraxt kesishga yo‘l qo‘yilgan holatlar aniqlanib, qonunni buzgan shaxslarga nisbatan 95 holatda 17 million so‘mdan ortiq jarima solindi. Ayni vaqtgacha 10,1 million so‘m miqdordagi jarima undirilgan.

Bundan tashqari, 86 holatda 930 million so‘mdan ziyod o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar aniqlangan va 37 holat bo‘yicha 27,6 million so‘m miqdordagi jarima undirilgan. Tabiatga yetkazgan zarari uchun 4 fuqaroga nisbatan 361,5 million so‘m jarima belgilandi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Toshkent shahar hokimligi o‘rtasida qo‘shma qaror tuzildi. Unda belgilanishicha, joriy yilning 1-sentabridan boshlab 1 tup kesilgan daraxt uchun 10 tup manzarali ko‘chat ekish belgilandi. Daraxtlarni kesishda avval bitta tashkilot mutaxassisi o‘rganib, xulosa chiqargan bo‘lsa, endilikda bu jarayonga mutasaddi tashkilot xodimi, mahalla va hududdagi TSJ xodimlari ham jalb etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2018, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют