» » Toshkentlik militsioner chernogoriyalik sayyohning hayotini saqlab qoldi

Toshkentlik militsioner chernogoriyalik sayyohning hayotini saqlab qoldi


Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi vakillari shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan chernogoriyalik sayyohni qutqarib qoldi, deb yozadi “Podrobno”.

Hodisa yaqinda patrul-post xizmati brigadasining tungi navbatchilik chog‘ida yuz berdi. Muqimiy ko‘chasidagi “Flamingo” restorani qarshisida joylashgan bekatda serjant Farrux G‘oziyev o‘rindiqda yotgan erkakni ko‘rib qolgan. Yuragini changallab ingrab yotgan erkak rus tilida bazo‘r gapirib, ahvoli yomonligini tushuntira boshlagan. Xodim erkakni mashinaga o‘tqizib, Respublika ilmiy tibbiyot markazi (sobiq 16-shahar kasalxonasi) bilan bog‘langan. Ular kasalxonaga yetib borganida, shifokorlar zudlik bilan erkakni qabul qilib olgan.

Keyinroq shifokorlar erkakda infarktoldi holati bo‘lgani, ammo endi ahvoli ancha yaxshi ekanligini ma’lum qilgan. O‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam uning hayotini saqlab qolgan.

52 yoshli Chernogoriya fuqarosi Dunis Drazin shifokorlardan uni hayotini asrab qolgan serjant bilan suratga tushirishni so‘radi va undan minnatdor ekanligini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2018, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют