» » Shavkat Mirziyoyev Yadro fizikasi institutiga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Yadro fizikasi institutiga tashrif buyurdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-iyul kuni Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Energiya hosil qiluvchi quvvatlarni ko‘paytirish, energetika sohasini diversifikatsiya qilish maqsadida mamlakatda atom energiya stansiyasi qurishga kirishildi. Yuqori texnologiyalarga asoslangan bu vazifani amalga oshirish uchun zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan mutaxassislar talab etiladi. Shu bois Toshkentda Moskva muhandislik-fizika instituti filialini ochish mo‘ljallanmoqda. Ushbu ta’lim muassasasini Yadro fizikasi instituti hududida joylashtirish rejalashtirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu boradagi loyihalar bilan tanishdi. O‘quv binolari va laboratoriyalarni jahon standartlari asosida qurish, eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash zarurligini ta’kidladi.

Ma’lumki, Yadro fizikasi instituti poytaxtning Ulug‘bek shaharchasida joylashgan. Davlatimiz rahbari ushbu shaharchaning Bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

“Bu shaharcha olimlar shaharchasi bo‘lishi kerak. Yaqin vaqtlarda bu yerga boshqa ilmiy-tadqiqot institutlarini ham ko‘chiramiz. Olimlar uchun, ilm-fan rivoji uchun hamma sharoitlarni yaratib beramiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident shaharcha hududini kengaytirib, institutlar uchun binolar, yangi uy-joylar, maktab va dam olish maskanlari qurish, shahar markazi bilan transport qatnovini yaxshilash, yer usti metrosi olib kelish zarurligini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2018, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют