» » Erkinjon Turdimov viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘ini tanqid qildi

Erkinjon Turdimov viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘ini tanqid qildi


Samarqandda bo‘lib o‘tgan 54-sessiyada viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i G‘.Negmatovning faoliyatini tanqid qilib, unga berilgan savollarga hech qanday javob bo‘lmaganligini bildirib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

Xususan, “Toza hudud” DUK tashkilotning bugungi kundagi faoliyati qanchalik to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi tanqid ostiga olib, viloyat hududini aylanganda hamma joyda chiqindilar to‘planib yotganligini aytib o‘tdi.

Daryo yoqasi ham ariqlar-u, kanal bo‘ylarida ham chiqindilar to‘plangani, shaharning katta ko‘chasidan ichkariga kirilganda qilingan ishlar yaqqol ko‘zga tashlanishini ta’kidlab o‘tilgan.

“Narpay tumaniga borganimizda o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik, hech joyda o‘tirib bo‘lmaydi. Ahvol bunday bo‘lsa, “Toza xudud” DUKni bizga nima keragi bor. Ishlamaydigan bo‘lsa, chiqindi yig‘ishni xususiylashtirish kerak. Chiqindi olmaydigan, aholini chiqindi yig‘ishga qiziqtira olmaydigan “Toza hudud” DUK bizga keragi yo‘q”, — dedi viloyat hokimi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют