» » O‘zbekistonlik o‘smirlarning 90 foizi o‘z maktabini yaxshi ko‘rishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik o‘smirlarning 90 foizi o‘z maktabini yaxshi ko‘rishi ma’lum bo‘ldi


“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi “O‘smirlar o‘zi va oilasi haqida” mavzusida tadqiqot o‘tkazdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Tadqiqot O‘zbekistonda bola tarbiyasi, o‘smirlarning foydali mehnatga jalb etilishi, ularning vatanparvarlik tuyg‘usini oshirishda oilaning rolini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan.

Unda O‘zbekistonning barcha hududlaridan 12—16 yoshli o‘g‘il-qizlar ishtirok etgan. Ishtirokchilarning aksariyati ota-ona ishtirokidagi oila farzandlari ekani alohida qayd etilgan.

Ishtirokchilar oilasidagi muhit, tartib-qoidalar, ota-onalarining o‘zaro munosabatlarini o‘zlariga namuna, deb hisoblaydi. “Maktabingizni yaxshi ko‘rasizmi?” degan savolga ularning 90,9 foizi ijobiy javob bergan.

“So‘rov natijalari yoshlarning o‘z maktabini qadrlashi va yaxshi ko‘rishi, maktabdagi bilim, hayotiy ko‘nikma va malakalar ularning kelajagiga poydevor bo‘lishini ko‘rsatdi. Maktab vaqtni mazmunli o‘tkazish maskani ekani ham e’tirof etilgan”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik o‘smirlar o‘qishni hayotiy zarurat, deb hisoblaydi. Ayni vaqtda, ularning 43,7 foizi o‘quv adabiyotini o‘qish bilan cheklanadi.

“Har o‘n ishtirokchidan birining tan olishicha, o‘quv adabiyotidan boshqa kitob o‘qimaydi. Qatnashchilarning yarmi (o‘g‘il bolalar) ko‘pincha tengdoshlari bilan suhbat qurish, kompyuter o‘ynashni afzal biladi”, — deb yozadi O‘zA.

Tadqiqot jarayonida o‘smirlarning maqsad va intilishlari ham o‘rganilgan. O‘rta va yuqori sinf o‘quvchilarining deyarli hammasi (97,7 foiz) hayotdagi maqsadi va kelajakdagi rejalarini belgilab olgan.

Har ikki o‘quvchidan birining hayotdagi ideali, qahramoni ularning ota-onasi ekani aniqlandi.

“O‘zbekiston o‘smirlari o‘qituvchilari, taniqli siyosatchilar, jamoat arboblari, fan va madaniyat namoyandalariga o‘xshashni istaydi. Ishtirokchilarning o‘ndan biri sportchi va tibbiyot xodimlariga mehr qo‘ygan”, — deyiladi O‘zA xabarida.

Yoshlarning aksar qismi (qanchaligi ko‘rsatilmagan) o‘zlarini vatanparvar, deb biladi. O‘smirlarning 93,7 foizi oila eng sevimli va yaqin insonlarning ittifoqidir, deya xulosa bergan.

“Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda zamonaviy fikrlovchi, hayotga muhabbati kuchli, aniq maqsadli va eng asosiysi, o‘ziga ishongan yangi avlod shakllanayotganini ko‘rsatdi”, — deb xulosa qilinadi O‘zA axborotida.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (14-02-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 97) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют