» » “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi raisi 25-iyul kuni Andijonda sayyor qabul o‘tkazadi

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi raisi 25-iyul kuni Andijonda sayyor qabul o‘tkazadi


“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi raisi Abdushukur Abdullayev 25-iyul kuni Andijonda sayyor qabul o‘tkazadi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-iyul kuni tasdiqlangan “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi rahbariyatining 2018 yilning ikkinchi yarim yilligida Qaraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarning tumanalarida jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabullar o‘tkazish jadvaliga muvofiq joriy yilning 25-iyul sanasida Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida qo‘mita raisi Abdushukur Abdullayevning sayyor qabuli bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, sizda “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi tizimidagi tashkilotlar xizmatlaridan foydalanishda muammolar va o‘zingizni qiziqtirgan boshqa savollar bo‘lsa, 2018-yil 25-iyul kuni soat 10:00 da Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tadigan sayyor qabulga tashrif buyurishingizni so‘raymiz”, — deyiladi qo‘mita xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют