» » Professional manikyur ustalaridan ideal manikyur sirlari

Professional manikyur ustalaridan ideal manikyur sirlari


Sifatli manikyur uchun bir qancha asboblar: qisqich, pilka, apelsin tayoqchalari va bafik kerak bo‘ladi. Ularning barchasi o‘tkir va sterillangan bo‘lishi lozim.

Manikyurni boshlashdan avval tirnoqlar uchun shakl tanlab, pilka yordamida tanlangan uzunlik va shaklga kiritamiz. Dizayn batartib chiqishi uchun to‘g‘ri pilka tanlash lozim. Har kuni foydalanish uchun shisha, shuningdek, keramik asboblar mos keladi.

Pilkani faqat bir yo‘nalishda, burchakdan markazga qarab ishlatish kerak. Bunda tirnoqlaringiz quruq bo‘lishi zarur, aks holda ularga zarar yetkazishingiz mumkin.

Shakl berilgandan so‘ng qo‘llarni bug‘da yumshatish uchun (5—7 daqiqa) suv va bir tomchi suyuq sovun yoki yog‘ solingan idishni tayyorlaymiz. Shundan so‘ng apelsin tayoqchalari yordamida kutikulalarni surib, ularni qisqich yordamida olib tashlaymiz. Kutikulalar sekinroq o‘sishi uchun manikyurdan so‘ng ularni darhol namlantirishni unutmang.

Tirnoqlarni bo‘yashdan oldin ular quruq va silliqlanganligiga e’tibor qarating. Professionallar ularni maxsus vosita yoki lak o‘chiradigan suyuqlik yordamida yog‘sizlantirishni ham tavsiya qiladi. Shundan so‘ng tirnoqlarga lakning birinchi qatlamini suramiz. Besh daqiqadan so‘ng ikkinchi qavatni surish mumkin.

Laklarni qorong‘i va salqin joyda saqlash tavsiya etiladi, shuningdek, uning qopqog‘i zich yopilgandagina ko‘proq xizmat qiladi.

Опубликовано: admin (15-02-2017, 00:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют