» » Qozog’istonda Denis Tenning qotili deb gumon qilinayotgan shaxs hibsga olindi

Qozog’istonda Denis Tenning qotili deb gumon qilinayotgan shaxs hibsga olindi


Qozog’istonda figurali uchuvchi Denis Tenning qotillari deb taxmin qilinayotgan kishilarning shaxsi aniqlandi, ulardan biri qo‘lga olingan. Bu haqda Tengrinews’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Olmaotada huquqni muhofaza qilish organlari qidiruv-tergov ishlarini davom ettirmoqda. Gumon qilinuvchilardan biri hibsga olingan, ikkinchisi qidirilmoqda.

Qotillik bo‘yicha Qozog‘iston Jinoyat Kodeksining 99-moddasi bo‘yicha ish ochilgan.

Figurali uchuvchi Denis Ten 26 yoshida vafot etdi. Ten Sochi Olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritgan. 19-iyul kuni ikki noma’lum kimsa uning avtomobili ko‘zgusini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan. Sportchi buni ko‘rib qolib, ularga qarshilik ko‘rsatgan. Oqibatda o‘g‘rilar sportchiga pichoq bilan zarba bergan. Shifokorlar Tenning hayotini saqlab qolish uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishni qilishgan, biroq sportchi olingan jarohatdan halok bo‘lgan.

Denis Ten bilan vidolashish marosimi 21-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2018, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют