» » Samarqandda 4 yulduzli mehmonxonalar soni yana bittaga ko‘payadi

Samarqandda 4 yulduzli mehmonxonalar soni yana bittaga ko‘payadi


Tez orada Samarqand shahrida zamonaviy, barcha qulayliklarga ega, xorijiy mehmonlarga ma’qul keladigan to‘rt yulduzli mehmonxonalar soni yana bittaga ko‘payishi mumkin. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov Germaniyaning Plaza Hotelgroup kompaniyasi ta’sischilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Best Western brendi ostida butun dunyoga zamonaviy mehmonxonalar qurilishi uchun mahsulotlar yetkazib beruvchi mazkur kompaniyaning salohiyati haqida malumotlar taqdim etildi. Shuningdek, tadbirda Samarqand shahrida Best Western xalqaro brendi ostida 4 yulduzli mehmonxona qurish taklifi bildirildi.

Plaza Hotelgroup kompaniyasiga 2002-yilda asos solingan. Hozirgi kunda kompaniya Germaniya, Avstriya, Niderlandiya va Chexiya davlatlarida jahon standartlariga javob beruvchi 34 ta mehmonxonasiga ega.

Shuningdek, kompaniya jahonda eng tez rivojlanayotgan zamonaviy mehmonxona qurilishi va rekonstruksiya qilinishi, uni intergatsiyalashgan tizimda boshqarish imkoniyatiga ega. Barcha mehmonxonalar xalqaro tan olingan Best Western brendi ostida boshqariladi.

Kompaniya O‘zbekistonga mehmonxonalar tarmog‘i bo‘yicha 100 million dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritishni mo‘ljallagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya 3-5 yil davomida jami 8 ta mehmonxona qurib, foydalanishga topshirishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2018, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют