» » Mayk Pompeo KXDRni yadrosizlantirish ko‘p vaqt olishi mumkinligini ta’kidladi

Mayk Pompeo KXDRni yadrosizlantirish ko‘p vaqt olishi mumkinligini ta’kidladi


KXDRni yadrosizlantirish ko‘p vaqt olishi mumkin, deya AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo 19-iyul, payshanba kuni Fox News kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Shimoliy koreyaliklar Kim Chen Inning Tramp bilan uchrashuvda zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishga tayyor ekanini isbotladi. Hech kim KXDRning yadrodan holi hududga aylanishi yaqin hafta yoki oy ichida yuz berishini kutayotgani yo‘q. Buning uchun vaqt talab qilinadi”, – deydi Pompeo. Biroq davlat kotibi hech qanday aniq muddat haqida aytmagan.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp va Kim Chen In Singapurda 12-iyun kuni tongda tarixdagi ilk AQSh va KXDR sammiti doirasida uchrashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2018, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют