» » Fotogalereya: Dunyodagi eng g‘aroyib 10 ta ko‘l

Fotogalereya: Dunyodagi eng g‘aroyib 10 ta ko‘l


Yer sayyorasi shu qadar hayratlanarli joylarga boyki, ba‘zan ularni ko‘rgan kishi o‘z ko‘zlariga ishonmaydi. AdMe nashri turli ranglarda jilolanuvchi g‘aroyib ko‘llar fotojamlanmasini taqdim etdi.

Mineral tuzlar va suv o‘tlari bilan mo‘jizakor ravishda bezalgan Besh rangli ko‘lda osmon va yer aks etadi. Uning rangi vaqti-vaqti bilan sariqdan to‘q yashilgacha o‘zgaradi. Biroq ko‘l asosan ko‘k-olmos rangda bo‘ladi. Unga yaqin joylashgan ko‘plab ko‘llardan farqli ravishda ko‘lning suvi kamaymaydi va qishda muzlamaydi. Shuning uchun bu joy sirlarga to‘la. Xitoyning Sichuan provinsiyasi shimolida joylashgan ko‘lni mahalliy aholi sehrli deb hisoblaydi.

Pushti ko‘l yoki Retba ko‘li Senegalda joylashgan. Suvning o‘ziga xos rangi tufayli ko‘l shu nomni olgan. Bunday rang suvdagi ko‘p sonli sianobakteriyalar (fotosintezni amalga oshirish qobiliyatiga ega bakteriyalar) tufayli yuzaga kelgan. Quyosh nurini yutgan mikroorganizmlar suvning rangini o‘zgartiruvchi pigmentlar ishlab chiqaradi. Bu, ayniqsa, quruq mavsumda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ko‘lda boshqa organik hayot mavjud emas – baliqlar va boshqa suv osti jonzotlari uchun tuz miqdori juda yuqorilik qiladi. Tuz suvning tarkibida 40 foizni tashkil qiladi. Qariyb 50 yildan buyon ko‘l havzasidan tuz qazib olinadi.

Janubiy Amerikadagi eng chuqur ko‘llardan biri Chili va Argentina chegarasida joylashgan. Ko‘ldagi suv zumrad-firuza rangdan tortib dengiz suvi ranglari bilan jilolanadi. Bu fantastik joyda hatto osmon ko‘l suvidek ko‘k emas. Ko‘l o‘rtasida ulkan marmar g‘orlarning qoyalari ko‘zga tashlanadi. Suv ming yillar davomida hayratlanarli labirintlarni hosil qilgan.

Ko‘l Yangi Zelandiyada joylashgan va to‘q yashil jilolanadi. Suv havzasining bunday rangi suv tarkibidagi ko‘p miqdordagi oltingugurt va temir oksidlari tufayli yuzaga kelgan.

Tuzli Uyuni – dunyodagi eng yirik qurigan tuzli ko‘l. Uning maydoni 10582 kvadrat kilometr bo‘lib, Boliviyaning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan. U ibtidoiy davrdagi ko‘llar o‘zgarishi natijasida yuzaga kelgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ko‘l havzasida 10 milliard tonna tuz bor. Ko‘l suv bilan qoplanadigan kuchli yomg‘irlar vaqtida uning yuzasi haqiqiy ko‘zguga aylanadi.

Laguna Kolorado – Boliviyada joylashgan, maydoni 60 kvadrat kilometr bo’lgan kichik ko‘l. Suvning rangi qizil qon rangidan binafsha ranggacha o‘zgarishi mumkin. Bu kun vaqtiga va havo haroratiga bog‘liq. Suvning noodatiy jilosini ultrabinafsha nurlanishdan himoyalanish uchun karotin moddasi (karotinoid guruhiga kiruvchi sarg‘ish pigment) ishlab chiqaruvchi suvosti organizmlari yuzaga keltiradi. Ko‘l minglab flamingolarning sevimli joyi hisoblanadi.

Hayratlanarli Gipslend ko‘li Avstraliyada joylashgan. Tunda ko‘lning suvi ko‘k neon rangda jilolanadi. Buning manbai bioluminestensiya (o‘zidan yorug‘lik chiqarish qobiliyati) qobiliyatiga ega suvosti tungi yoritgichlar hisoblanadi. Suvning yuza qismida to‘planadigan yaltiroq suvosti o‘tlari faqat okean tubida bo‘ladigan yorug‘lik jilosiga o‘xshash jilolanishni hosil qiladi. Yorug‘lik chiqaruvchi o‘smliklarni inson ko‘zi ko‘rmaydi.

Ko‘l Indoneziyaning Flores orolidagi Kelimutu vulqonining uchta kraterida joylashgan. Ko‘llar nafaqat turli rangda, balki ularning rangi o‘zgarishi mumkin. Masalan, qora ko‘l qizil, keyin firuza rang, keyin esa yashil tusga kirishi mumkin. Ko‘lning rangi suv tarkibidagi mineral moddalarga bog‘liq.

Kaliforniyada joylashgan sun’iy ko‘l o‘zining ulkan voronka ko‘rinishidagi noyob suv chiqarish qurilmasi bilan mashhur. Ko‘rinishidan, bu ko‘l suvi quyiladigan haqiqiy chuqurga o‘xshaydi. Chuqurning uzunligi 21 metr, eni 22 metrni tashkil qiladi.

Mars sayyorasidagi manzarani eslatuvchi ko‘l AQShdagi Yellowstone Milliy bog‘ida joylashgan. Katta prizma shaklidagi buloqni birinchi bo‘lib kashf etganlar ko‘lni “qaynayotgan ko‘l” sifatida qayd etgan. Yorqin rangdagi bakteriyalar va qaynoq buloq og‘zida hosil bo‘lgan suvosti o‘tlari tufayli ko‘lda kamalakning barcha ranglari to‘plangan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (15-02-2017, 00:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют