» » Moliy vazirligi O‘zbekiston tashqi qarzi YaIMga nisbatan 23,7 foizgacha o‘sishini prognoz qildi

Moliy vazirligi O‘zbekiston tashqi qarzi YaIMga nisbatan 23,7 foizgacha o‘sishini prognoz qildi


2018-yilda O‘zbekiston tashqi qarzi Yalpi ichki mahsulotga nisbatan 23,7 foiz hajmida bo‘lishi prognoz qilinmoqda, deb yozadi Spot Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan Fuqarolar uchun budjetga tayanib.

Ta’kidlanishicha, davlat qarzining maksimal hajmi har yili Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan kelasi yil uchun Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini qabul qilish chog‘ida belgilanadi.

2018-yilda, prognozlariga ko‘ra, tashqi qarz mamlakat Yalpi ichki mahsulotiga nisbatan 23,7 foizni tashkil qiladi. 2017-yilda u 18,5 foizga teng bo‘lgan (YaIM — 249 trillion so‘m).

O‘zbekiston davlat qarzining barchasi tashqi hisoblanadi. Xalqaro moliya institutlari tomonidan asosiy kreditlar Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki va Islom taraqqiyot bankidan olingan.

2018-yilda davlat qarziga xizmat ko‘rsatishga 952,7 milliard so‘m yo‘naltirilgan. Foizlarni to‘lash uchun xarajatlar 224 milliard so‘mni, davlat qarzini to‘lash uchun xarajatlar esa 728,7 milliard so‘mni tashkil qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2018, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют