» » “Barselona” mavsumdagi ilk yirik mag‘lubiyatini Parijda qabul qilib oldi. Klub uchun Chempionlar ligasi xavf ostida

“Barselona” mavsumdagi ilk yirik mag‘lubiyatini Parijda qabul qilib oldi. Klub uchun Chempionlar ligasi xavf ostida


Yevropa Chempionlar ligasining chorak finaliga yo‘llanma olish uchun Kataloniyaning “Barselona” klubi “PSJ” dovonidan o‘tishi kerak edi. Tomonlarning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan ilk o‘yinida ispaniyaliklar 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Fransiya poytaxtida kechgan bellashuvda Anhel Di Mariya dubl qayd etgan bo‘lsa, Yulian Draksler va Edinson Kavani o‘z hisobiga 1 tadan gol yozib qo‘ydi. Natijada “Barselona” 8-mart kuni bo‘lib o‘tadigan javob o‘yini oldidan o‘z ahvolini og‘irlashtirib qo‘ydi.

Luis Enrike boshqaruvidagi jamoa guruhni 15 ochko bilan yakunlab, faqatgina “Manchester Siti” maydonida 1:3 hisobida yengilgandi. Chempionlar ligasining joriy mavsumida Parijdagi mag‘lubiyat ikkinchisi bo‘ldi. Barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda esa shu mavsumdagi ilk yirik mag‘lubiyat bo‘lib tarixda qoldi.

Qayd etish kerak, Unai Emeri murabbiylik qilayotgan “PSJ” guruh bosqichida 12 ochko jamg‘arib, “Arsenal”dan keyin ikkinchi bo‘lgandi. Parijliklar London klubini har ikki o‘yinda ham mag‘lub eta olmagan, shuningdek, o‘z maydonida Bolgariyaning “Ludogorets” klubi bilan ham murosaga rozi bo‘lib, guruhni mag‘lubiyatsiz yakunlagandi.

Nimchorak finalning ikkinchi o‘yini Portugaliya poytaxti Lissabonda o‘tib, mahalliy “Benfika” Dortmundning “Borussiya” klubidan ustun keldi — 1:0. Mazkur bellashuvda Bundesliga to‘purarlaridan biri bo‘lgan Pyer-Emerik Obameyang penaltidan aniq foydalana olmadi.

Yevropa Chempionlar ligasi
1/8 final
14-fevral, seshanba

Gollar: Anhel Di Mariya, 18 (1:0). Yulian Draksler, 40 (2:0). Anhel Di Mariya, 55 (3:0). Edinson Kavani, 72 (4:0).

Gol: Konstantinos Mitroglu, 48 (1:0).
Noaniq penalti: Pyer-Emerik Obameyang, 58 (D).

Опубликовано: admin (15-02-2017, 02:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют