» » “Korporatsiyalar jangi”. O‘z yetakchiligingni isbotla!

“Korporatsiyalar jangi”. O‘z yetakchiligingni isbotla!


“Korporatsiyalar jangi” — bu birinchi bo‘lish va oliy mukofotlarni qo‘lga kiritish uchun kurash, intilish. “Korporatsiyalar jangi” — bu har qanday kompaniyalar xodimlariga qiziqarli sport musobaqalarida kurashish, o‘z yetakchiligini isbot qilish va o‘zini namoyon qilish imkonini beruvchi noyob loyiha.

“Keldim — yedim-ichdim — raqsga tushdim” usulidagi timbildinglar urfdan qolganiga ancha bo‘lgan. Jamoani samarali tarzda jipslashtirish va g‘ayratga to‘ldirish uchun shunchaki birgalikda hordiq chiqarish yetarli emas. Sport musobaqalari esa ayni muddao. Ham sog‘liq uchun foydali, ham kollektiv uchun samarali.

Kompaniyangiz qaysi sohada — bank, farmatsevtika, IT, qurilish, tibbiyot sohasida — ish yuritishi ahamiyatsiz. Har bir kompaniya sport musobaqasida ishtirok etishi va unda eng yaxshi xodimlar ishlashini isbotlashi mumkin.

Bu yil “Korporatsiyalar jangi” drayvga va g‘alabaga chanqoqlar uchun oltita musobaqani tayyorlab qo‘ydi.

2017-yilgi mavsumni intellektual kurash — shaxmat musobaqasi ochib beradi, u 26-fevralda bo‘lib o‘tadi.

Hech bir onlayn-partiya real o‘yinga teng kela olmaydi. Figuralarni boshqarish va qarshisida haqiqiy raqibni ko‘rish — o‘ziga xos hissiyot. Shaxmat soatining borligi ham bobongizning yordamida oq-qora taxta bo‘ylab ilk qadamlaringiz haqida eslatib turadi.

26-fevral kuni shaxmat musobaqasiga keling, munosib raqiblar bilan jang qiling, intellektual zavqlanish oling, va omad kulib boqsa, mot qiling va sovrinlarga ega bo‘ling!

Korporativ taklifdan foydalaning: “janglar”ning yillik paketini sotib oling va butun kompaniya bilan sport timbildinglarida qatnashing! Hamkorlarimizdan ajoyib sovrinlarni qo‘lga kiriting va old OAVlarda yoritiling!

Yillik paket narxi: 5 600 000 so‘m.

Yillik paketni sotib olsangiz, bitta jangni bepul qo‘lga kiritasiz.

26-aprel — shaxmat;

30-aprel — stol tennis;

25-iyun — futbol;

27-avgust — velokvest;

29-oktabr — peyntbol;

3-dekabr — karting.

Loyihada Nestle Uzbekistan, Beeline Uzbekistan, Knauf, Home Market, Dena, TPS, “Tabletka” dorixonalar tarmog‘i, Goodveen gullar uyi, Nescafe, PMP, O‘zbekiston-Xitoy savdo uyi, Huawei Mobile Uzbekistan, China Leasing Group, TechnoPlaza, Comedy.Uz, Murad Buildings va boshqa ko‘plab kompaniyalar ishtirok etishga ulgurdi.

Qo‘ng‘iroq qiling va ro‘yxatdan o‘ting: (90) 372-81-70, (90) 372-80-71

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (15-02-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют