» » Tojikiston Transport vazirligi bir oy ichida O‘zbekistonga yangi avtobus reyslarini ishga tushirishga so‘z berdi

Tojikiston Transport vazirligi bir oy ichida O‘zbekistonga yangi avtobus reyslarini ishga tushirishga so‘z berdi


Yaqin vaqt ichida ma’lum bir rasmiyatchilikka rioya etilgandan so‘ng Tojikiston va O‘zbekistonning boshqa shaharlari o‘rtasida avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Tojikiston Transport vazirligi rahbari Xudoyor Xudoyorzoda 18-iyul kuni Dushanbedagi matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozadi “Dialog”.

May oyi o‘rtalarida Xo‘jand va Toshkent o‘rtasida muntazam avtobus qatnovi ochilgan edi. O‘zbekistonning boshqa shaharlariga ham yangi avtobus reyslarini ochish rejalashtirilgan, biroq hozircha bu masala hal etilmagan edi.

Xudoyor Xudoyorzoda bu vaqt masalasi ekanligi va Transport vazirligiga bir oy ichida mazkur masalani hal etish yuklatilganligini ta’kidladi.

“Davlatlar o‘rtasida yo‘lovchi tashish, shu bilan birga yuk tashishga ham ma’lum bir yig‘imlar mavjud. Ikki davlat o‘rtasida hukumatlararo kelishuv imzolangandan so‘ng o‘zbek hukumati tegishli qaror bilan Tojikistondan kirib keluvchi va tranzit yuk avtotransport vositalari va avtobuslarga qo‘shimcha yig‘imlarni soddalashtirdi”, — dedi u.

Vazir hozirda O‘zbekiston va Tojikiston chegarasini kesib o‘tuvchi xorijiy yuk transporti hamda avtobus tranziti va mamlakatga kirishi uchun to‘lov to‘lanishini bekor qilish masalasi ham hal etilganligini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2018, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют