» » BMT: “Arab bahori” tufayli mintaqa mamlakatlari tinchlik, barqarorlik va 641 mlrd dollarni boy berdi

BMT: “Arab bahori” tufayli mintaqa mamlakatlari tinchlik, barqarorlik va 641 mlrd dollarni boy berdi


BMT bundan 7 avval, 2011-yilda boshlangan “arab bahori”ning (Tunis, Misr, Yamandagi to‘ntarishlar, Liviya va Suriyadagi fuqarolik urushlari, Bahrayndagi isyon, Jazoir, Iroq, Iordaniya, Marokash, Ummondagi ommaviy namoyishlar) iqtisodiy asoratlariga baho berdi. Iqtisodiy tadqiqotlar markazi eksperti Viktor Abaturov mazkur raqamlarni o‘rganib chiqib, ularga o‘z munosabatini bildirdi.

Xalqaro tashkilot iqtisodiy-ijtimoiy komissiyasi xulosasiga ko‘ra, “arab bahori” va uning oqibatlari tufayli mintaqa mamlakatlari (Tunis, Liviya, Suriya va Yaman) 641 milliard dollardan iborat iqtisodiy o‘sish imkoniyatini boy berdi. Ushbu raqam 2011-yil hodisalariga qadar amalga oshirilgan mintaqa iqtisodiy o‘sish bashoratlaridan kelib chiqib olingan. Hisob-kitoblarda “arab bahori”ning bevosita va bilvosita asoratlari, jumladan, qarzlarning ortishi, ishsizlik, turizmning qisqarishi, qochoqlar oqimi, infrastrukturaning vayron etilishi inobatga olingan.

Hosil bo‘lgan raqam mintaqaning 2011—2015-yillardagi yalpi ichki mahsuloti 6 foiziga teng. Birgina Suriyaning 2011-yildan keyingi yo‘qotishlari 259 milliard dollardan oshdi. Mintaqa mamlakatlari budjet tanqisligi esa 243,1 milliard dollarni tashkil etdi.

“Arab bahori” tashabbuskorlari uning zaruratini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish istiqbollari bilan izohlagandi. BMT tadqiqoti mualliflari esa inqiloblar va ularning asoratlari “mintaqaning iqtisodiy o‘sishi imkoniyatlariga to‘sqinlik qilishda davom etayotgani, yangi ish o‘rinlari yaratish va barqarorlikni ta’minlashni cheklayotgani”ni ta’kidlamoqda.

Qolaversa, “arab bahori”dan so‘ng hokimiyat almashuvi ro‘y bergan davlatlarning yangi hukumatlari 2011-yil voqealariga olib kelgan muammolarni hal etish uchun zarur iqtisodiy islohotlarni hozirgacha amalga oshirgani yo‘q. Boshqacha qilib aytganda, yo‘qotishlar ulkan, muammolar saqlanib qoldi, biroq bu mamlakatlarning birortasida inqiloblardan hech biri yaxshilikka olib kelmadi.

Tunis, Suriya, Liviya va Iroq ularda demokratik o‘zgarishlar amalga oshirishga harakat qilinguncha iqtisodiyot va qayta ishlash sanoatida modernizatsiya o‘tkazishga mablag‘ topish, xorijiy investitsiyalarni jalb etishga urinayotgandi. Hozir esa mintaqa mamlakatlarida sanoat va infrastruktura u yoki bu darajada vayron bo‘lgan, tiklanish va taraqqiyot uchun ichki imkoniyat yo‘q, chet el investitsiyalari esa barqarorlik va xavfsizlik mavjud manzillarga qarab ketmoqda.

Mintaqa davlatlarining o‘zida va ular orasida etnik, diniy va siyosiy asosdagi keskinlikning kuchaygani, bunday sharoitda xavfsizlikni ta’minlash salmoqli mablag‘larni talab etishi, mintaqada barqarorlik va o‘z-o‘zidan, xorijiy investitsiyalar kelishi yaqin orada kutilmayotganini hisobga olib, barcha davlatlarni G‘arb liberallari ilgari surayotgan andozadagi bunday “demokratiya” o‘zi kerak yoki yo‘qligi haqida chuqur mulohaza yuritishga undaydi.

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp ham bunday “retseptlar”ga shubha bilan qaradi va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashish niyatida emasligini bildirdi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (15-02-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют