» » Toshkent IIBB Farangiz Rejametova halok bo‘lgan YTH bo‘yicha ma’lumot berdi

Toshkent IIBB Farangiz Rejametova halok bo‘lgan YTH bo‘yicha ma’lumot berdi


20-iyul kuni YTHda halok bo‘lgan aktrisa Farangiz Rejametovani Abdulla Qodiriy va Mahatma Gandi chorrahasidagi piyodalar o‘tish joyida Mercedes-Benz mashinasi urib ketgan. Mashinani 23 yoshli U.E. boshqayotgan bo‘lgan. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Haydovchi jabrlanuvchini kasalxonaga olib borgan, ammo yo‘lda Farangiz olamdan o‘tgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, haydovchi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan qizga yo‘l bermasdan, uni urib yuborgan.

Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

1993-yilda tug‘ilgan Farangiz Rejametova artistlar sulolasi vakili edi. Uning onasi — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fotima Rejametova, bobosi — O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan artist To‘g‘on Rejametov. Farangiz “Sehrli qalpoqcha”, “Uy bekasi” kabi o‘nlab kino va seriallarda rol ijro etgan. Shuningdek, Zulfiqor Musoqovning “Oyijon” filmida bosh rolda o‘ynagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2018, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют