» » Nukusda muayyan yashash joyi bo‘lmagan 15 kishiga biometrik pasport topshirildi

Nukusda muayyan yashash joyi bo‘lmagan 15 kishiga biometrik pasport topshirildi


Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda Nukus shahri ichki ishlar bo‘limi hamkorlikda muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan 15 nafar shaxsga ko‘mak ko‘rsatdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

— Nukus shahridagi muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan 15 nafar shaxsning fuqaroligini rasmiylashtirish maqsadida ularga biometrik pasport berish choralari ko‘rildi, — deydi Nukus shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik A.Sitanov. — Biometrik pasportlar uchun to‘lovlar Nukus shahri hokimligi tomonidan amalga oshirildi. Shuningdek, ular doimiy ish joyi va kiyim-kechak bilan ta’minlandi.

Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, bu kabi tadbirlar boshqa hududlarda ham davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют