» » Vyetnamdagi toshqinlar oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi

Vyetnamdagi toshqinlar oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi


Vyetnam shimoli va markaziy hududlaridagi “Son-Tin” dovuli oqibatida yuz bergan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 10 kishi halok bo‘lib, 12 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Son-Tin” tayfuni kuchi tropik dovul darajasigacha pasayganiga qaramay, u Vyetnamning bir qator hududlaridagi daryo va suv omborilarida suv sathining ko‘tarilishiga va kuchli yog‘ingarchiliklarga sabab bo‘ldi.

Toshqinlar oqibatida mamlakat shimolidagi Yenbay, Shonla va Kuangnin, mamlakat markazidagi Txanxoa va Ngean viloyatlaridagi yuzlab uylar vayron bo‘lgan. 80 ming gektardan ziyod guruch dalalari suv ostida qolgan, transport qatnovi izdan chiqqan.

Xabar berishlaricha, tabiiy ofatdan eng ko‘p Yenbay viloyati jabr ko‘rgan — bu yerda 600 uy vayron bo‘lgan, o‘nlab infratuzilma va energetika obyektlariga zarar yetgan. Toshqinlar bu yerda 8 kishining hayotiga zomin bo‘lgan, 10 kishi bedarak yo‘qolgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2018, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют