» » AQSh neft kompaniyalari Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etilishiga qarshi chiqdi

AQSh neft kompaniyalari Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etilishiga qarshi chiqdi


Neft-gaz kompaniyalari lobbistlari AQSh Kongressini Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirmaslikka ko‘ndirmoqchi. Bu haqda, Kongressdagi manbalarga asoslanib, Reuters agentligi xabar bermoqda.

Rossiyaga nisbatan 2014-yilda joriy etilgan sanksiyalarga avvalroq AQShning eng yirik neft kompaniyasi — Exxon Mobil qarshi chiqqan edi. Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, cheklovlar Shell va British Petroleum’ga raqobat ustunligini taqdim etgan.

Avvalroq AQSh senatorlari Mark Rubio va Kris Vang Xollen mamlakat saylovlariga aralashishga uringan har qanday davlatga avtomatik ravishda sanksiyalar qo‘llash amaliyotini qonunchilikda mustahkamlab qo‘yishni taklif qilgani ma’lum qilingan edi.

Senatorlar taklif qilgan qonun loyihasiga muvofiq, agar biror bir mamlakatning AQShdagi saylovlarga aralashuvi isbotlansa, 10 kun ichida ushbu mamlakatga nisbatan sanksiyalar joriy etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2018, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют