» » Toshkent avtobuslariga sinov tariqasida videoregistrator va kameralar o‘rnatilishi boshlandi

Toshkent avtobuslariga sinov tariqasida videoregistrator va kameralar o‘rnatilishi boshlandi


“Toshshahartransxizmat” tarkibiga kiruvchi 8-avtobus saroyi va 2-avtobus saroyining ayrim avtobuslariga sinov tariqasida videokuzatuv moslamalari o‘rnatildi. Bu haqda, “Toshshahartransxizmat”ning Harakat xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek To‘rabekovga asoslanib, UzNews xabar berdi.

Hozirgi vaqtda ikki yo‘nalishdagi avtobuslarga ikki xil turdagi videokuzatuv moslamalari 15—30 kunlik sinov uchun o‘rnatilgan bo‘lib, sinov yakunlariga ko‘ra ulardan bir turi qolgan barcha avtobuslarga o‘rnatish uchun tanlab olinadi.

Avtobusning old, yon va orqa tomonlaridagi barcha voqea-hodisani to‘liq yozib boruvchi kameralardan tashqari avtobuslarning kirish joylariga yo‘lovchilar sonini hisoblab boruvchi kameralar ham o‘rnatilgan. “Toshshahartransxizmat” bu kamera yordamida yo‘lovchilar sonini, qaysi yo‘nalishlarda avtobuslar sonini ko‘paytirish kerakligini aniqlashni maqsad qilgan.

Bundan tashqari, haydovchilarning faoliyatini, ularning xatti-harakatlarini kuzatib borish uchun ham alohida videokuzatuv moslamalari o‘rnatilmoqda. “Agar bu sinov ijobiy natija beradigan bo‘lsa, yaqin vaqt oralig‘ida barcha jamoat transportida kameralar o‘rnatiladi”, deyiladi UzNews xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2018, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют