» » O‘zbekistondagi foydali qazilmalar 5,7 trln dollarga baholandi

O‘zbekistondagi foydali qazilmalar 5,7 trln dollarga baholandi


O‘zbekistonning mineral-xomashyo foydali qazilmalari salohiyati qariyb 5,7 trillion dollarni tashkil etadi. Bu haqda Geologiya va mineral resurslar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A’zam Qodirxo‘jayev ma’lum qildi, deb yozadi “Podrobno”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shuning atigi 1 trilliondan ortig‘i — qidirib topilgan zaxiralar va tayyorlab qo‘yilgan konlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston hududining bor-yo‘g‘i 20 foizi o‘rganib chiqilgan va demak, yangi konlarni aniqlash bo‘yicha ulkan salohiyat mavjud.

A’zam Qodirxo‘jayevning aytishicha, oltin, uran, mis, kaliy tuzi, fosforitlar va kaolin zaxiralari va resurslari bo‘yicha O‘zbekiston dunyo yetakchilari o‘ntaligiga kiradi. Oltin va uran ishlab chiqarish bo‘yicha esa respublika yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. So‘nggi yillarda, uning so‘zlariga ko‘ra, yer osti boyliklari maydonlaridan foydalanish huquqi bo‘yicha 1200 dan ortiq litsenziya taqdim etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2018, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 87) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют