» » So‘rov: o‘zbekistonliklar pulni dollarda emas, so‘mda jamg‘arishni ko‘proq ma’qul ko‘ra boshladi

So‘rov: o‘zbekistonliklar pulni dollarda emas, so‘mda jamg‘arishni ko‘proq ma’qul ko‘ra boshladi


O‘zbekiston Markaziy banki so‘rovida ishtirok etganlarning katta qismi shaxsiy jamg‘armalarni banklardagi hisobvaraqlarda saqlash eng ma’qul yo‘l deb hisoblaydi. Bu haqda Spot Markaziy bankning 2018-yilning birinchi yarmida iqtisodiyotda kuzatilgan inflyatsion kutilmalar to‘g‘risidagi hisobotiga tayanib xabar berdi.

Yanvar-iyun oylarida o‘tkazilgan so‘rovda butun mamlakat bo‘ylab 750 nafar jismoniy shaxs va 300 yuridik shaxs qatnashdi.

So‘rov ishtirokchilarining qariyb uchdan bir qismi o‘z jamg‘armalarini bankdagi hisobraqamda so‘mda, 9 foizi — xorijiy valyutada bankda, 17 foizi — qisman bankda, qisman naqd ko‘rinishda saqlagan ma’qul deb hisoblaydi.

Markaziy bank xabarida qayd etilishicha, kuzatish davrida milliy valyuta jozibadorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar aholining jamg‘arish kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganligi ma’lum bo‘ldi. Xususan, yil boshida jamg‘armalarini so‘mda saqlashni ma’qul ko‘rganlar ulushi 44 foizga teng bo‘lgan bo‘lsa, II chorak oxiriga kelib ularning ulushi 53 foizga ko‘tarildi, AQSh dollarida jamg‘arishni ma’qullaganlar ulushi esa yanvardagi 33 foizdan iyun oyida 22 foizgacha tushdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют