» » Tramp Kaliforniyada to‘g‘on buzilishi xavfi tufayli favqulodda holat rejimini e’lon qildi

Tramp Kaliforniyada to‘g‘on buzilishi xavfi tufayli favqulodda holat rejimini e’lon qildi


Kaliforniyada to‘g‘on buzilishi xavfi tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qildi. Mazkur qaror AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan qabul qilindi. Bu haqda KTLA telekanali xabariga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.

E’lon qilingan rejimga ko‘ra, Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha federal agentlikka hodisa oqibatlarini bartaraf etishga ruxsat berildi.

Mahalliy CBS telekanalining ma’lum qilishicha, Tramp ma’muriyati shuningdek, Orovilldagi shikastlangan to‘g‘on qirg‘oqlarini qayta tiklash va jabrlanganlarga ko‘mak berish haqida qaror qabul qilgan.

Avvalroq Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser brifing davomida Tramp Orovilldagi vaziyatni diqqat bilan kuzatayotganligini ma’lum qilgan edi.

Biz barcha tegishli davlat organlari bilan birga ish olib boramiz va bunda ishtirok etish uchun barcha qo‘limizdan kelganini amalga oshirayotganligimizga ishonch hosil qilasiz.

Shon Spayser, Oq uy matbuot kotibi 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-02-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 96) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют