» » Toshkentda 20-iyuldan 21-iyulga o‘tar kechasi 349 ta qoidabuzarlik holati qayd etildi

Toshkentda 20-iyuldan 21-iyulga o‘tar kechasi 349 ta qoidabuzarlik holati qayd etildi


Joriy yilning 20-iyulidan 21-iyul sanasiga o‘tar kechasi Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan poytaxtimizda 349 ta qoidabuzarlik holati qayd etilgan. Xususan, tungi vaqtda tezlikni oshirgan haydovchilar 15 nafarni tashkil etdi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB YHXB.

Mirzo Ulug‘bek tumani, Gulsanam ko‘chasi bo‘ylab harakatlangan qoidabuzarlardan biri Lifan mototsiklida tezlikni belgilangan me’yordan oshirgan va dvigatel shovqini bilan atrofdagilar tinchini buzgan. Bundan tashqari mototsikl to‘xtatib tekshirilganda uning haydovchisi 39 yoshli Ruslan D. transport vositasini mast holda boshqargani ma’lum bo‘ldi.

Tezlikni oshirgan haydovchilardan yana 3 nafari spirtli ichimliklar iste’mol qilganligi aniqlandi. Ulardan biri 48 yoshli Husan M. Spark mashinasini boshqargan. Haydovchi Mirzo Ulug‘bek tumani, shu nom bilan ataluvchi ko‘chada harakat xavfsizligi nozirlari tomonidan to‘xtatilgan. Sergeli tumanida mast holda Nexia avtomobilini boshqarib borgan 39 yoshli Sanjar X. ham tezlikni belgilangan me’yordan oshirib yuborgani bois javobgarlikka tortildi. Xuddi shunday qoidabuzarlik kichik halqa yo‘lida ham kuzatilgan. Matiz egasi 32 yoshli  Zarifjon X. to‘xtatilib tekshirilganida mast holda ekani oshkor bo‘lgan.

Olmazor tumani, Sog‘bon ko‘chasida tezlikni oshirganligi uchun 43 yoshli Akromjon C. boshqaruvidagi Lexus rusumidagi avtomashina to‘xtatilganida, haydovchi majburiy sug‘urta polisiga oid hujjatlarga ega emasligi aniqlandi. Bu kabi holatlar o‘tkazilgan reyd davomida 8 marotaba qayd etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2018, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют