» » “O‘zstandart” yarim yilda 60 mlrd so‘mlik mahsulotni iste’molga yaroqsiz deb topdi

“O‘zstandart” yarim yilda 60 mlrd so‘mlik mahsulotni iste’molga yaroqsiz deb topdi


Joriy yilning 1-yarim yilligida sertifikatlashtirish ishlari natijasida jami 60 milliard 270 million 604 ming so‘mlik mahsulot yaroqsiz deb topildi. Bu haqda “O‘zstandart” agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shundan, yaroqsiz deb topilgan import mahsulotlar 33 milliard 802 million 745 ming so‘mni, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar 23 milliard 652 million 537 ming so‘mni va inspeksiya nazorati natijasida aniqlangan yaroqsiz mahsulotlar 2 milliard 815 million 322 ming so‘mni tashkil etdi.

Yaroqsiz import mahsulotlar davlatlar kesimida tahlil qilinganida Xitoy (13 milliard 731 mln 674 ming so‘mlik mashinasozlik, elektrotexnika mahsulotlari), Rossiya (11 milliard 762 million 803 ming so‘mlik mashinasozlik va oziq-ovqat mahsulotlari) va Hindiston (4 milliard 110 million 255 ming so‘mlik dori vositalari) davlatlarining mahsulotlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Ushbu yaroqsiz deb topilgan mahsulotlarning asosiy qismi mashinasozlik va metall mahsulotlari (39 milliard 587 million 372 ming so‘mlik), dori va dori vositalari (17 milliard 177 million 776 ming so‘mlik) va oziq-ovqat mahsulotlaridan (3 milliard 323 million 337 ming so‘mlik) iborat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют