» » “Benfika” — “Borussiya Dortmund” 1:0. Guruh bosqichida gol urish rekordchisi Portugaliyadagi ustunlikni hisobda aks ettira olmadi

“Benfika” — “Borussiya Dortmund” 1:0. Guruh bosqichida gol urish rekordchisi Portugaliyadagi ustunlikni hisobda aks ettira olmadi


Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 finalidan joy olgan “Benfika” — “Borussiya Dortmund” o‘yini mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. UEFA rasmiy sayti statistikasida esa ustunlik aksincha, mehmonlar tomonida bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Biz shunchaki yaxshi emas, balki ajoyib futbol namoyish qildik. Biz faqatgina ikkinchi bo‘lim boshida o‘zimizni yo‘qotib qo‘ydik va to‘pni ikki bor oldirdik. Biroq qanchalik yaxshi ko‘rinmaylik, mag‘lubiyatga chidashga majbur bo‘ldik. Bunaqasi faqat futbolda bo‘ladi. Baxtimizga oldinda javob o‘yini bor.

Tanaffusdan keyin raqib yoppasiga hujumga o‘tib ketdi. Himoyadagi uchligimiz esa ko‘rinishidan bunga tayyor emasdi. Bunday vaqtlarda to‘pni oldinga tepib yuboraverish kerak, shunda hech qanday kamchilik sodir bo‘lmasdi.

Obameyang Afrika Millatlar kubogidan keyin to‘liq tiklanib ulgurmadi. Penaltini ura olmaganidan so‘ng o‘yinini yo‘qotib qo‘ydi. Bir tarafdan afsusdaman, ikkinchi tomondan o‘yinimizdan xursandman.

Tomas Tuxel, “Borussiya Dortmund” bosh murabbiyi

Biz zo‘r o‘ynadik, ayniqsa birinchi bo‘limda. Gol urish uchun ham ko‘proq imkoniyatga ega edik, hatto penalti ishlab olgandik. Xullas, yutib ketishimiz mumkin edi.

Hammasi javob o‘yinida hal bo‘ladi. Biz yaxshi futbol o‘ynay olishimizni o‘shanda ham ko‘rsatamiz. Chunki bugun hammasini to‘g‘ri bajardik, faqatgina nuqta qo‘yishda oqsadik. Bunaqasi bo‘lib turadi.

Andre Shyurrle, “Borussiya Dortmund” a’zosi

Bu aqlga sig‘dirish qiyin bo‘lgan g‘alaba bo‘ldi. Rostini aytsam bunday o‘yinlarga izoh berish oson emas. Men “Borussiya”ning kuchli raqib ekanini va bugun maydonda ustunlik qilganini tan olaman.

Birinchi bo‘limda himoyamizga nimadir yetishmadi. Tanaffusdan keyin o‘zimizga kelib oldik. Bundan tashqari “Borussiya”ga qarshi o‘yinda standartlarni qanday amalga oshirish ustida ishlagandik va bu bizga qo‘l keldi.

Dortmundda qiyin bo‘ladi. Biroq oldinga siljishimiz uchun asoslarimiz bor. Hozircha esa darvozabon Endersonni tabriklayman. U yuqori klassdagi posbon ekanini yana bir bor namoyon etdi. Ahir u guruh bosqichida eng ko‘p gol urgan jamoadan gol o‘tkazmadi.

Ruy Vitoriya, “Benfika” bosh murabbiyi

“Benfika” klubi sardori Luizao jamoasi uchun yubiley — 500-uchrashuvni “Borussiya Dortmund” klubiga qarshi o‘yinda o‘tkazdi.

36 yoshli Luizao 2003-yil “Benfika” safiga Braziliyaning “Kruzeyro” klubidan kelib qo‘shilgandi. O‘tgan vaqt davomida u besh karra Portugaliya chempionligini qo‘lga kiritdi va ikki bor mamlakat kubogini baland ko‘tardi.

“Benfika” safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi esa Tamanyini Nane hisoblanadi. U 1968-yildan 1986-yilga qadar jamoasi uchun 575 uchrashuvda maydonga tushgandi.

Опубликовано: admin (15-02-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют