» » Tanzila Norboyeva Buxoroda 70 nafar ishsiz xotin-qiz uchun mo‘ljallangan korxona ochilishida ishtirok etdi

Tanzila Norboyeva Buxoroda 70 nafar ishsiz xotin-qiz uchun mo‘ljallangan korxona ochilishida ishtirok etdi


Buxoro viloyatining Jondor tumanida 70 nafar ishsiz xotin-qiz uchun yangi korxona foydalanishga topshirildi. Ulardan 40 nafarini og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan ayollar tashkil qiladi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

Yangi tashkil etilgan korxonada faoliyat yuritadigan xotin-qizlar tikuvchilik, sartaroshlik, ko‘rpado‘zlik, so‘zana tikish, qurilish va bo‘yoqchilik kabi faoliyat turlari bilan shug‘ullanib, doimiy ishga ega bo‘ldi.

Bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva ishtirok etgan tadbirda korxonaga ishga kirgan barcha ayollarga mehnat daftarchalari topshirildi. Qayd etish joizki, ish vaqtida bo‘lgan ayollarning farzandlari uchun ham maxsus kichik guruhlar tashkil etilib, ularga pedagog va psixologlar biriktirildi.

Ma’lumot uchun, shu yilning o‘tgan 6 oyi davomida Buxoro viloyatida 2 mingdan ortiq ayol doimiy ish bilan ta’minlandi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasiga ko‘ra, ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash maqsadida boshqa viloyatlarda ham barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lgan shunday korxonalar ishga tushirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2018, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют