» » Avstriya fuqarosi Xalq ta’limi vazirligining maslahatchisiga aylandi

Avstriya fuqarosi Xalq ta’limi vazirligining maslahatchisiga aylandi


Avstriya fuqarosi Igor Mitchka O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligiga maslahatchi sifatida beg‘araz yordam ko‘rsatadi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Yel universiteti bitiruvchisi bo‘lgan Igor Mitchka xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning iltimosini rad etmadi. Vazirning o‘zi ham Yel universitetida o‘qigan bo‘lib, shu universitet bitiruvchilari tarmog‘i orqali Mitchka bilan aloqaga chiqdi.

Ekspert vazirlikning yangi Ta’limni takomillashtirish markazi konsepsiyasini tayyorlayotgan maxsus ekspert-tahliliy guruhi tarkibida ishlaydi. Uning vazifalari sirasiga chet ellik hamkorlarni ta’lim tizimiga yangi yondashuvlarni joriy etish ishiga jalb qilish kiradi.

Igor Mitchka moliya sohasida tajribaga ega bo‘lib, 2015?2017-yillarda AQShning Goldman Sachs investitsion bankida ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2018, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют