» » Samarqand viloyatida kichik sanoat zonalari hududi kengaytiriladi

Samarqand viloyatida kichik sanoat zonalari hududi kengaytiriladi


“Samarqand viloyatida kichik sanoat zonalarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq, jami 62,45 gektar hudud Samarqand viloyat kichik sanoat zonalari tarkibiga qo‘shimcha ravishda kiritildi.

Shuningdek, qaror bilan kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini tiklash ishlarining manzilli ro‘yxati tasdiqlandi. Unga ko‘ra, manzilli ro‘yxatda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun umumiy qiymati 8 621,0 million so‘m miqdoridagi mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, 2018-yil 16-martda Prezident qaroriga asosan Samarqand viloyatining 14 ta tumani (shahar)da jami 53,1 gektar maydonda kichik sanoat zonalari (KSZ) tashkil etilgan edi.

KSZ hududidagi davlat ko‘chmas mulki tadbirkorlik subyektlariga biznes rejalarini bajarish, ish o‘rinlarini yaratish va saqlash, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi taqdim etilgan holda 10 yillik uzoq muddatli ijaraga beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2018, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют