» » Toshkentda Tohir Malikning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli film premyera qilinadi

Toshkentda Tohir Malikning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli film premyera qilinadi


“O‘zbekkino” Milliy agentligi, “Hujjatli filmlar kinostudiyasi” DUK rejissor Murod Odilovning “Hayot qayig‘i” nomli hujjatli filmini taqdim etadi. Bu haqda “O‘zbekkino” xabarida aytiladi. Filmda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning hayoti va ijodi haqida hikoya qilinadi.

“Alvido, bolalik!”, “So‘nggi o‘q”, “Murdalar gapirmaydilar”, “Charxpalak”, “Talvasa”, “Shaytanat”, “Ov”, “Umidlar dashti”, “Iblis devori” kabi bir biridan qiziqarli, insonni vatanparvarlik ruhida tarbiyalovchi, turli jinoyatlar jarayonini qanday salbiy oqibatlarga olib kelishini bayon qiluvchi, jamiyatni jinoyatchilarsiz ravnaq topishini orzu qiladigan asarlar muallifi Tohir Malikdir.

Tohir Malik xalqqa yaqin bo‘lganining yana bir siri u – hazil-mutoyibani xush ko‘radi. Bir qator hajviy asarlari, kulgilari bilan o‘quvchilarga zavq-shavq ulashadi. Adibning, ayniqsa bolalarga mehri o‘zgacha. Shu boismi, uning asarlarida bolalarcha beg‘uborlik, bag‘rikenglik, samimiyatni ham ilg‘ash mumkin. Filmda Tohir Malikning ana shu  xislatlari ochib berilgan, deyiladi xabarda.

Film premyerasi:

Sana va vaqti: 30.07.2018-yil, soat 18:00

Manzil: Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyi.

Davomiyligi: 26 daqiqa.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2018, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 56) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют