» » Oq uy Falastin davlatini yaratish majburiy emasligini ma’lum qildi

Oq uy Falastin davlatini yaratish majburiy emasligini ma’lum qildi


AQShning yangi ma’muriyati Falastin-Isroil nizosini tartibga solishda “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyilining majburiyligini talab qilib turib olmaydi. Bu haqda brifingda AQSh ma’muriyatining yuqori mansabli vakili ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

Uning ta’kidlashicha, bosh maqsad — tinchlik, bunga tomonlar roziligi bilan “ikki davlat, ikki xalq” yondashuvi orqali yoki ularning xohishiga ko‘ra boshqa yo‘l bilan erishish mumkin. Donald Tramp ma’muriyati tomonlarni yarashtirishda o‘z shartlarini qabul qildirmoqchi emas.

Ushbu bayonot Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning AQShga tashrifi oldidan berildi. “Ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili Isroil bilan birga tinchlik bilan mavjud bo‘ladigan mustaqil Falastin davlatini yaratishni ko‘zda tutadi.

Опубликовано: admin (15-02-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют