» » Tojikistonda 8 kg vaznli chaqaloq tug‘ildi

Tojikistonda 8 kg vaznli chaqaloq tug‘ildi


Tojikiston janubidagi Ko‘lob shahrida sakkiz kg vaznli chaqaloq tug‘ildi, deb yozadi Sputnik.

Tug‘uruqxona shifokori Anzurat Izzatulloyevaning so‘zlariga ko‘ra, dastlab chaqaloqqa kislorodli niqob taqishgan, hozir esa u mustaqil nafas olmoqda.

Dunyoga kelgan vaqtida chaqaloqning vazni roppa-rosa sakkiz kilogramm bo‘lgan, to‘rt soatdan keyin u 800 grammga ozgan.

Tug‘uruq ona uchun ham, bola uchun ham qiyin kechgan, hozir ular o‘zlarini ancha yaxshi his qilmoqda.

Bola oilada beshinchi farzand, qolgan bolalar tug‘ilgan vaqtida 3,5 dan 4,5 kilogrammgacha tosh bosgan. Ammo chaqaloq semiz emas, shunchaki yirik.

Ko‘lob shahar ma’muriyati oilani qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi — bolaga doim bepul tibbiy yordam ko‘rsatiladi, shuningdek, ijtimoiy imtiyozlar ham taqdim etiladi.

Bu Tojikistonda kuzatilgan birinchi shunday holat, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2018, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют