» » O‘zbekistonda bog‘cha tarbiyachilari va maktab o‘qituvchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlashga haqli emas

O‘zbekistonda bog‘cha tarbiyachilari va maktab o‘qituvchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlashga haqli emas


O‘zbekistonda bog‘cha va maktab xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlashga haqli emas. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

“Maktabda o‘qituvchiman. Har yili majburiy ravishda o‘zimiz pul yig‘ib, tibbiy ko‘rikdan o‘tamiz. Savolim shuki, tibbiy ko‘rikdan o‘tishimiz shartmi?” — deyiladi Telegram-kanalga kelib tushgan murojaatda.

Mehnat kodeksiga muvofiq ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog‘ida dastlabki tarzda va keyinchalik vaqti-vaqti bilan umumta’lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan mashg‘ul bo‘lgan pedagog va boshqa xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilishi shart.

Xodimlar tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bo‘yin tovlashga haqli emas.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tish munosabati bilan xodimdan pul undirilishi mumkin emas, shuningdek tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish vaqtida xodimning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2018, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют