» » OAV: O‘zbekiston terma jamoasini argentinalik Ektor Kuper boshqaradigan bo‘ldi

OAV: O‘zbekiston terma jamoasini argentinalik Ektor Kuper boshqaradigan bo‘ldi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini argentinalik Ektor Kuper boshqarib boradi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi Online”.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi argentinalik mutaxassis bilan kelishuvga erishgan. Yaqin soatlar ichida mazkur bitim borasida rasmiy xabar berilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, bungacha portugaliyalik Karlush Keyrush va xorvatiyalik Zlatko Dalich nomzodlari bilan ham muzokaralar olib borgan. Biroq ular bilan kelishuvga erisha olmagan. Ektor Kuper va O‘FAning o‘zaro manfaatlari bir-biriga mos kelgani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun Ektor Kuperning so‘nggi jamoasi Misr terma jamoasi edi. U jamoani 32 yil ichida ilk marta Jahon Chempionatiga olib chiqdi. 62 yoshli mutaxassis misrliklar bilan JCh—2018 dagi muvaffaqiyatsizlik ishtirokdan so‘ng iste’foga chiqarildi.

Bunga qadar argentinalik murabbiy Argentinaning “Urakan”, “Lanus”, Ispaniyaning “Malyorka”, “Valensiya”, “Real Betis”, “Rasing”, Italiyaning “Inter”, “Parma”, Turkiyaning “O‘rduspor”, Gretsiyaning “Aris”, BAAning “al-Vasl” klublarida, Gruziya (2008-2009) terma jamoasida ham faoliyat olib borgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2018, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют