» » Toshkent shahar IIBB YHXB yuk tashish qoidalarini buzgan haydovchilarga nisbatan chora ko‘rmoqda

Toshkent shahar IIBB YHXB yuk tashish qoidalarini buzgan haydovchilarga nisbatan chora ko‘rmoqda


Toshkent shahar IIBB YHXB qurilish maydonlaridan yuvilmagan g‘ildiraklar va usti yopilmagan qurilish mollari, chiqindilar bilan yo‘lga chiqayotgan maxsus yuk tashish transport vositalarini aniqlash va ularga qarshi chora ko‘rish ishlarini davom ettirmoqda, deb yozadi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

“Shu yilning 21-iyul kuni ana shu qoidalarni buzgan 6 nafar haydovchi to‘xtatildi. Ularning 4 nafari Ohangaron shox ko‘chasida harakatlanayotgan bo‘lgan.

Jumladan, qurilish chiqindilarini olib ketayotgan KamAZ yuk mashinasi (10 D 519 NA) haydovchisi garchi, yukning yon-atrofni ifloslantirishini bilsa-da, negadir uning ustini yopishni lozim deb topmagan. Yana bir KamAZ(10 264 DAA) haydovchisi esa ortilgan g‘ishtning mashinadan tushib, boshqa transport vositalariga ziyon yetkazishi mumkinligiga panja ortidan qaragan va xavfsizlikni ta’minlamagan.

Bundan tashqari, uch korxona va tashkilotning rahbariyatiga yuk tashuvchi avtomobillarini yo‘llarga chiqarish oldidan ularning tozaligini ta’minlash uchun sharoit yaratish haqida tegishli ko‘rsatmalar berildi”, — deyiladi xabarda.

Ushbu holatlar bo‘yicha qoidabuzarlarning barchasiga nisbatan tegishli ma’muriy choralar qo‘llanildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2018, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют