» » Sergeli avtomobil bozorini yangi joyga ko‘chirish bo‘yicha loyiha taqdim etildi

Sergeli avtomobil bozorini yangi joyga ko‘chirish bo‘yicha loyiha taqdim etildi


Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayevga Sergeli avtomobil bozorini yangi joyga ko‘chirish bo‘yicha loyiha taqdim etildi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Miratec kompaniyasi mazkur loyiha bo‘yicha asosiy investor hisoblanadi. Uning direktori Dilshod Mansurxonovga ko‘ra, loyiha Janubiy koreyalik investorlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu g‘oya Jahongir Ortiqxo‘jayevni qiziqtirdi.

Investor yaqin orada barcha hisob-kitoblar bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etishi zarur. Miratec vakillari buni shu haftada amalga oshirishni va’da qildi.

Oldinroq avtomobil bozori yangi joyga ko‘chirilishi, biroq Toshkent shahrida, Sergeli tumani hududida qolishi bildirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2018, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 119) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют